WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Vladimir viloyatida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan jangarilar yo‘q qilindi
Vladimir viloyatida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan jangarilar yo‘q qilindi
Rossiya hududida teraktni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan ikki nafar jangari Kolchugino shahrida yo‘q qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik tashkilotlaridan birining jangarilari ko‘plab odam to‘planadigan hududda terrorchilik harakatini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan.
Kuch tuzilmalarining xodimlari terrorchilar yashiringan uydan qurol-yaroq, qo‘lbola bomba va ekstremistik yo‘nalishdagi adabiyotlarni topgan.
Jangarilar aynan qaysi tashkilotga a’zo ekanligiga aniqlik kiritilmadi.
Shuningdek, to‘qnashuv oqibatida jarohat olgan kuch tuzilmalari vakillari haqida ham ma’lumot yo‘q.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?