» » Avstraliyalik ayol surat sabab qizini saratondan qutqarib qoldi

Avstraliyalik ayol surat sabab qizini saratondan qutqarib qoldi


Avstraliyalik Kelli Perren besh yoshli qizining suratiga qarab uni saratondan asrab qoldi, deb xabar beradi Tengrinews.

Ayol qizini vspishka yordamida suratga olgan va uning ko‘z qorachig‘i g‘alati porlaganini payqab qolgan. “Men bunga biror bir izoh topa olmadim. Odamlardan qizimning ko‘zidagi porlashni ko‘ryapsizlarmi deb so‘rasam, ular yelka qisishdi, chunki u tezda yo‘qolib qolardi”, — deydi Kelli Perren.

Shundan so‘ng ayol shifokorlarga murojaat qilgan va ular qizda retinoblastoma — saratonning kamyob shaklini aniqlagan. Shifokorlar qizning ko‘zini olib tashlab, o‘rniga protez qo‘yishga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, retinoblastoma 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют