» » Pentagon rahbari: Biz Eron bilan urush olib borish niyatida emasmiz

Pentagon rahbari: Biz Eron bilan urush olib borish niyatida emasmiz


AQSh Eron bilan urush olib borish niyatida emas. Bu haqda Pentagon rahbari vazifasini bajarayotgan Patrik Shenaxan Amerika kongressida o‘tkazilgan brifing yakunida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

“Ayni vaqtda bizning asosiy maqsadimiz Eron tomonidan amalga oshiriladigan noto‘g‘ri harakatlarni oldini olish, eskalatsiya emas. Biz urush ochish niyatidan yiroqmiz. Gap bizning Yaqin Sharqdagi manfaatlarimizni himoya qilish va u yerda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan missiyamiz haqida ketmoqda”, — deydi AQSh mudofaa vaziri.

Tehron tomonining javob berishicha, muzokaralar va diplomatiya borasidagi umumiy qarashlar qo‘llab-quvvatlanayotganiga qaramasdan, hozirgi vaziyatda ularga yopishib olish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bundan tashqari Eron prezidenti Xasan Ruhoniy Oq Uyning sanksiyalariga qaramasdan Tehron bir qator yangi loyihalarni ishga tushirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют