» » Jakartadagi qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Jakartadagi qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi


Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida politsiya bilan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, ikki yuzdan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.

Namoyishchilarni tarqatish uchun huquq-tartibot organlari xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.

Namoyishchilar esa politsiyachilarga tosh otgan va petardalar portlatgan.

Jakartada norozilik namoyishlari 17-aprel kuni prezident saylovi natijalari e’lon qilinganidan so‘ng boshlandi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi prezident Joko Vidodoga 55,5 foiz saylovchilar ovoz bergan. Uning yagona raqibi Pravobo Subianto esa saylovchilarning 44,5 foiz ovoziga ega bo‘lgan. Oppozitsiya tarafdorlari ko‘chaga chiqib, saylov natijalaridan norozi ekanligini bildirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют