» » Braziliyadagi cherkovda sodir bo‘lgan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Braziliyadagi cherkovda sodir bo‘lgan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi


Braziliyada joylashgan Parakatu shahridagi cherkovda sodir bo‘lgan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Globo telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, o‘qotar qurol bilan qurollangan shaxs cherkovga bostirib kirgan va u yerdagi odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Oqibatda rohibning otasi bilan ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda hujum uyushtirgan shaxs rohibni o‘ldirmoqchi bo‘lgan, biroq u qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar jinoyatchiga qarata o‘q ochishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng u og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa rashk tufayli yuzaga kelgan.

Cherkov xodimi jinoyatchi bilan yaqindan tanish bo‘lgan ayolni o‘ziga to‘rtinchi xotin qilib olgan. Ayol ham o‘sha kunning o‘zida jinoyatchi tomonidan pichoq orqali urib o‘ldirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют