» » AQSh rasmiylari Huawei’ga vaqtinchalik litsenziya berdi

AQSh rasmiylari Huawei’ga vaqtinchalik litsenziya berdi


AQSh Savdo vaziri Huawei’ga mamlakatda cheklangan faoliyat olib borishi uchun 90 kunga litsenziya berdi. TJournal’ning xabar berishicha, kompaniya AQShda foydalaniladigan o‘z mobil qurilmalariga yangilashlarni taqdim etishi mumkin.

Litsenziya kompaniyaga qurilmalarga xizmat ko‘rsatish, jumladan smartfonlarning dasturiy ta’minotini yangilash imkonini beradi. Kompaniya, shuningdek, tarmoqlar va telekommunikatsiya uskunalariga xizmat ko‘rsatishi ham mumkin.

Litsenziya muddati 2019-yilning 19-avgustida tugaydim, shundan so‘ng AQSh Savdo vazirligi uning muddatini uzaytirish yoki uzaytirmaslik masalasini ko‘rib chiqadi.

Vaqtinchalik litsenziya kompaniyaga chora ko‘rishi uchun vaqt beradi. Vazirlikka esa o‘z xizmatida Huawei qurilmalaridan foydalanuvchi amerikalik va xorijlik provayderlarga ta’sir ko‘rsatuvchi uzoq muddatli choralarni belgilashda bir to‘xtamga kelish imkonini beradi.

Huawei asoschisi Jen Chjenfey AQShning bunday yo‘l tutishi kompaniya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmasligini, ular bunday bo‘lishiga ancha oldin tayyorgarlik ko‘rganini aytgan.

“AQSh hukumati bizning imkoniyatlarimizga munosib baho bermayapti”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, AQSh savdo vazirligi 16-may kuni Huawei va u bilan bog‘liq bo‘lgan 70 ta firmalarni “qor ro‘yxat”ga kiritishga qaror qilgan edi. Bundan so‘ng kompaniya AQSh roziligisiz amerikalik ishlab chiqaruvchilarning komponetlari va texnologiyalarini sotib ololmaydi.

Google esa 19-may kuni Huawei bilan uskunalar va dasturiy ta’minot sohasidagi litsenziyalangan ishlarni taqdim etish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatdi. Google’dan so‘ng Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom chip ishlab chiqaruvchilar o‘z xodimlariga Huawei’ga zarur komponentlarni yetkazib bermaslini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют