» » Volvo yangi avtomobillarini talabalarga ijaraga berishini e’lon qildi

Volvo yangi avtomobillarini talabalarga ijaraga berishini e’lon qildi


Volvo kompaniyasi talabalar uchun avtomobillar ijarasi dasturi ishga tushirilishini e’lon qildi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Gap AQShda o‘qiyotgan talabalar haqida ketmoqda: Shvetsiya brendi ularga mashinalarni soddalashtirilgan tizim asosida ijaraga olishni taklif etadi.

International Student Program deb nomlangan dastur Volvo’ning yangi modellari taqdim etilishini ko‘zda tutadi. Xizmatdan foydalanish uchun o‘z mamlakati va xalqaro haydovchilik guvohnomalari, amaldagi talabalik vizasi, o‘quv yurtidan hujjat va pasport kifoya.

Talabalar dastur asosida ishlovchi yaqin atrofdagi dilerlik markaziga murojaat etishi va taklif etiladigan bir necha model ichidan o‘zlariga ma’qul kelganini tanlab olishi mumkin.

Ijara uchun haq bir marta olinadi, biroq hali narxlar ma’lum qilinmadi. Avtomobilni boshqarish uchun sug‘urta bo‘lishi ham talab qilinadi, yo‘l bosiladigan maksimal masofa esa hozircha 15 ming mil (24 ming kilometr atrofida) etib belgilangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют