» » Filippinda kuchuk vafot etgan egasini bir necha hafta davomida uning ishxonasi oldida kutdi

Filippinda kuchuk vafot etgan egasini bir necha hafta davomida uning ishxonasi oldida kutdi


Filippinda kuchuk vafot etgan egasini uning ishxonasi yaqinida kutdi, keyin esa uning qabri oldidа “ko‘z yosh to‘kdi”. Ushbu holat The Mirror nashri e’tiboriga tushdi.

Buboy laqabli kuchuk ikki yil avval o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Karmelito Marselo bilan tanishgan edi.

58 yoshli erkak Pampang provinsiyasidagi kollejlardan birida dars berardi.

Kuchuk har kuni ertalab ta’lim muassasasi oldiga kelar, erkak unga ovqat berardi. Tushlik vaqti esa Buboy sinf xonasigaa kirar va o‘quvchilar tomonidan mehmon qilinardi. Kechki payt u kollej binosini qo‘riqlardi.

May oyi boshida Marselo kollejga kelmay qo‘ydi. U insultga chalingan edi. 18-may kuni esa erkak vafot etdi. Buboy bu vaqt ichida har kuni Marseloning xonasiga kelar, panjasi bilan eshikni taqillatib uni kutar edi.

Kuchukning vafodorligidan ta’sirlangan o‘quvchilar uni Marselo bilan vidolashishga olib bordi. Buboy Marseloning jasadini tobutda ko‘rib, ma’yus tortdi, so‘ng uning yoniga yotib oldi.

Marseloning o‘limidan so‘ng kollej o‘qituvchilari va  o‘quvchilari kuchukni boqib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют