» » Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish masalalariga bagishlangan yigilish otkazdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Hayot sifati osishi bilan aholi orasida va iqtisodiyot tarmoqlarida elektrotexnika mahsulotlariga talab tobora oshib bormoqda. Jahon miqyosida bunday tovarlar eksporti hajmi 2 trillion 500 milliard dollardan oshib, yiliga 10 foiz osish kuzatilmoqda.

Bu soha mamlakat iqtisodiyotida alohida oringa ega. Ichki bozor, muassasa va xonadonlar Ozbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan taminlangan. Otgan yili, masalan, tarmoq korxonalarida 2 mingdan ortiq turdagi 9 trillion 600 milliard somlik tovarlar chiqarilgan.

Shu bilan birga, sohaga keng sharoitlar yaratilganiga qaramay, katta miqdorda elektrotexnika buyumlari import ham qilinyapti. Mintaqa bozorida mamlakatning eksport ulushi esa yetarli emas.

Yigilishda eksport-import konyunkturasini organish asosida elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yangi mahsulotlarni ozlashtirish va raqobatbardoshligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Ozeltexsanoat uyushmasiga 2022-yilgacha ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga oshirish hisobiga importni optimallashtirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish vazifasi qoyildi.

Prezident buning uchun xomashyoni chuqur qayta ishlab, qoshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish zarurligini takidladi.

Hozirda misdan tayyorlanayotgan mahsulotlarning 50 foizidan koprogi oddiy simdan iborat. Shuni chuqur qayta ishlab, mis trubkalar, internet va aloqa kabellari tayyorlansa, jahon bozorida qimmatroq sotiladi. Maishiy texnikalar, qurilish, sanoat va meditsina uchun zarur asbob-uskunalar hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish borasida ham salohiyat yetarli ekani qayd etildi.

Mahsulotlar eksportida transport xarajatlarini kamaytirish zarurligi takidlandi.

Yigilishda import ornini bosuvchi mahsulotlar kolamini kengaytirish, ularning tannarxini kamaytirish masalasi muhokama qilindi.

Ishlab chiqarishda qollanilayotgan kopgina ehtiyot qismlar import qilinayotgani, bu tannarxning qimmatlashiga olib kelayotgani korsatib otildi. Muzlatgich va isitish uskunalari, kompyuter texnologiyalari, mobil aloqa vositalari, quyosh panellari va boshqa yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yolga qoyish orqali Ozbekiston korxonalarining ichki bozordagi ornini yanada mustahkamlash zarurligi takidlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Ozeltexsanoat uyushmasiga yangi mahsulotlarni ozlashtirish boyicha yol xaritasi ishlab chiqish vazifasi qoyildi.

Ozbekiston mahsulotlariga ichki va tashqi bozorda barqaror talabni shakllantirish, davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasidan keng foydalanish masalasiga alohida etibor qaratildi. Ayniqsa, qurilish, energetika, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, avtomobilsozlik kabi tarmoqlarda ichki kooperatsiyani kengaytirish zarurligi takidlandi.

Xorijiy bozorlarga kirib borish uchun tashqi hamkorlikni ham rivojlantirish muhim. Shu bois jahonga mashhur brendlar bilan qoshma loyihalarni amalga oshirish, mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlash tizimini yolga qoyish boyicha topshiriqlar berildi.

Ishlab chiqaruvchilarga yaratilgan sharoitlar tahlil qilinar ekan, bu borada erkin savdo zonalari muhim orin tutishi qayd etildi. Navoiy va Jizzax erkin iqtisodiy zonalarida yangi loyihalarni joylashtirish, Termiz erkin savdo zonasini tashkil etish boyicha takliflar bildirildi. Tarmoqni jadal rivojlantirish, ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida zamonaviy infratuzilmaga ega elektrotexnika texnoparklari tashkil etish zarurligi takidlandi.

Yigilishda berilgan topshiriqlar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-05-2019, 14:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -