» » Sarvar Otamurodov “O‘zagrosug‘urta”? AJga rahbar bo‘ldi

Sarvar Otamurodov “O‘zagrosug‘urta”? AJga rahbar bo‘ldi


O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodov lavozimini tark etdi.

UzReportning xabar berishicha, u “O‘zagrosug‘urta”? aksionerlik jamiyati rahbari lavozimiga tayinlangan.

“O‘zagrosug‘urta” AJga 2017-yilning avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan Saidqahhor Xolxo‘jayev biroz avvalroq Markaziy bank raisiga o‘rinbosar bo‘lgandi.

Sarvar Otamurodov 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) bitirgan. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasini, 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlar nomzodi.

Ma’lumot uchun, Sarvar Otamurodov 1995—2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-iqtisod Bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va Bosh boshqarma boshlig‘i vazifalarida ishlagan. 2006—2010-yillarda O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarida faoliyat olib borgan.

U O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi bo‘lish bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari hisoblanardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют