» » Ummonlik yozuvchi 2019-yilgi xalqaro Buker mukofotiga sazovor bo‘ldi

Ummonlik yozuvchi 2019-yilgi xalqaro Buker mukofotiga sazovor bo‘ldi


Ummonlik yozuvchi va o‘qituvchi Juxa Alhariziy ingliz tilida yozilgan eng yaxshi asar uchun beriladigan Xalqaro Buker mukofotining 2019-yilgi sohibi bo‘ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.

Hakamlar hay’ati ummonlik oilaning uch avlodi haqida hikoya qiluvchi “Samoviy jismlar” kitobini mukofotga loyiq deb topgan. Juxa Alhariziyga sovrindan tashqari 50 ming funt-sterling (taxminan 64 ming dollar) miqdorida pul mukofoti ham berilgan.

Xalqaro Buker mukofoti 2004-yilda ta’sis etilgan va 2016-yilgacha ikki yilda bir marta o‘tkazilgan. Shundan so‘ng u har yili o‘tkazilib kelinmoqda.

Mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyati dunyodagi barcha mamlakatlar yozuvchi-shoirlariga berilgan. Buning uchun faqat ularning asarlari ingliz tiliga tarjima qilingan yoki Buyuk Britaniyada nashr etilgan bo‘lishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют