» » Jahongir Ortiqxojayev Anhor boyidagi 78-uy aholisi bilan uchrashdi

Jahongir Ortiqxojayev Anhor boyidagi 78-uy aholisi bilan uchrashdi


20-may kuni Toshkent shahar hokimligida Jahongir Ortiqxojayev ilgari anhor boyida joylashgan va buzilgan 78-uy egalari bilan uchrashdi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Hozirgi kunda uchrashuv ishtirokchilari yangi manzilda Qozirobod kochasida yana osha anhor boyidagi 7 ta xonadonlarning egalari boldi.

Uchrashuvda shuningdek, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boyicha birinchi orinbosari Davron Hidoyatov, Shayxontohur tuman hokimi Abduqahhor Toxtayev, Kapital qurilish Bosh boshqarmasi vakillari va Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Mijozlarni qollab-quvvatlash yagona xizmati injinering kompaniyasi direktori Sobir Aripovlar taklif etildi.

Uchrashuvga yangi uylardagi kommunikatsiya xizmatlarining qisman ulanmaganligi sabab boldi. Ayni paytda ushbu uylarda gaz va elektr taminoti yolga qoyilgan. Suv taminoti esa hokimiyat masullari sozlariga kora, markaziy kanalga ulangan bolib, tez orada toliq yolga qoyiladi.

Shuningdek, sobiq 78-uy boshka aholisining Qori Niyoziy kochasidagi uylarga kochishi masalasi kotarildi. Biroq, bugungi kunda yangi uylarda qurilish ishlari davom etayotgani sabab, u yerga kochib otishning imkoni yoq.

Ochiq suhbat uslubida otgan uchrashuvda fuqarolar oz muammolarini aytdi. Xususan, yangi uyga kochish jarayonining kechikayotganligi va shu tufayli hozirda yashayotgan uylarining ijara haqi oshayotgani togrisida hamda yakuniy tamirlash ishlari bilan bogliq noqulayliklar haqida oz muammolarini malum qildi. 30 ta velosiped uchun turargoh ajratish masalasi inobatga olinib, bu borada zarur korsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev ushbu kamchiliklarga yol qoygan, yangi uylar topshirilishining kechikishiga sababchi bolgan va boshqa kommunikatsion va tamir ishlari boyicha sustkashlikka yol qoygan tegishli mutasaddilarni tanqid qildi.

Ushbu mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boyicha ishlar nazorati Shayxontohur tuman hokimi Abduqahhor Toxtayev, uning orinbosari, shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boyicha birinchi urinbosari Davron Hidoyatov zimmasiga yuklatildi hamda voqealar rivoji haqida hokimni xabardor qilib turish vazifasi topshirildi.

Barcha kamchiliklarni bartaraf etish uchun 25-may shanba kunigacha muddat belgilanib, ijara haqi tolovi muamosi ham ijobiy hal qilindi. Kochish va mebellarni tashish uchun transport bilan ham taminlash haqida korsatma berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-05-2019, 16:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -