» » Samvel Babayan yana bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi

Samvel Babayan yana bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi


Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “temiryo‘lchilar” rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy ma’lumot chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018-yil aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Samvel Babayan 2019-yil fevral oyidan buyon “Loko” tizimida ishlab kelmoqda. Oldinroq aniqrog‘i 2018-yil yanvarda O‘FA (o‘sha vaqtlarda O‘FF) tomonidan Samvel Babayan umrbod o‘zbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan so‘ng bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют