» » O‘zbekistonda notariuslar faoliyatida SMS-xabar joriy etiladi

O‘zbekistonda notariuslar faoliyatida SMS-xabar joriy etiladi


Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1-iyunidan notariuslar faoliyatida “SMS xabar” elektron tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Telegram’dagi kanali orqali xabar berildi.

SMS-xabarda 2 ta juda muhim ma’lumot bo‘ladi:

Birinchisi, xabarda notarial harakatlar uchun mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning aniq miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ya’ni, notariat xodimi talabiga asosan yoki kassada mijoz tomonidan to‘langan pul miqdorini SMS-xabarda ko‘rsatilgan qonuniy to‘lovlar miqdori bilan solishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda notarius xizmatlari uchun davlat boji, pullik xizmat va boshqa to‘lovlar elektron tizim orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi, ya’ni bu jarayonda inson omili ishtirok etmaydi. Shuning uchun, har bir mijoz to‘lovlarni kompyuterda shakllantirilgan va belgilangan ko‘rinishdagi kvitansiya asosida amalga oshirishi lozim. Bu esa, to‘lovlarning 100 foiz davlat hisob raqamiga o‘tkazilishini kafolatlaydi. SMS-xabar mijoz to‘lagan pulning qonuniy miqdorini yana bir marta tekshirish va xotirjam bo‘lish imkonini beradi.

Ikkinchisi, notarial harakatni oxiriga yetkazish uchun SMS-xabar orqali to‘rtta raqamli kod mijozning telefoniga yuboriladi. Notarius ushbu tasdiqlovchi kodni elektron tizimga kiritgandan so‘nggina notarial harakatni amalga oshirishni rasman yakunlashga ruxsat etiladi.

Bunda ushbu kod notarial harakatni amalga oshirish uchun kalit vazifasini bajaradi.

Uyali telefoni yo‘q shaxslar bu yangilikdan qanday foydalanadi?

Bugungi kunda uyali telefoni yo‘q kishilar jamiyatda juda ozchilikni tashkil qiladi. Agar bunday holat bo‘lsa, mijozning biror qarindoshi yoki tanishining telefoni orqali ushbu xabarni olishi va tasdiqlovchi kodni notariusga aytishi orqali notarial harakatni amalga oshirishi mumkin. Shunday shaxslar ham topilmagan holda, istisno tariqasida notariat idorasi xodimlari telefon raqamidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Respublikadagi barcha xodimlarning telefonlari oldindan bazaga kiritilgan bo‘ladi. Notariat idorasi xodimi telefon nomeridan foydalanilganda, elektron tizimga alohida belgi qo‘yiladi va adliya organlari tomonidan aynan bir xil telefon nomerlar qayta-qayta ishlatilgan holatlarda avtomatik tizim yordamida doimiy nazorat qilib boriladi.

“SMS xabar” elektron tizimidan kutilayotgan natija:

Agar mijozdan ortiqcha to‘lov undirilganligi aniqlansa, shu zahoti Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish, bu haqda shikoyat qoldirish yoki notariusning o‘ziga tafovut sababi yuzasidan qat’iy va juda noqulay savolni berish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют