» » O‘zbekistonda FHDYo hujjatlari elektron tizimga kiritilmoqda

O‘zbekistonda FHDYo hujjatlari elektron tizimga kiritilmoqda


Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo‘lda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Telegram-kanalida xabar berildi.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYo yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

Buning uchun maxsus uskunalar yordamida FHDYo arxivi hujjatlarini raqamlashtirish boshlab yuborilgan.

Bu esa yaqin kelajakda kerakli hujjatlarni 5-10 daqiqada olish imkonini beradi. Bugungi kungacha jami 16 786 187 FHDYo arxivi hujjatlari raqamlashtirilib, elektron tizimga kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют