» » Surxondaryoda 950 yillik chinordan qay maqsadlarda foydalanilgan? (foto)

Surxondaryoda 950 yillik chinordan qay maqsadlarda foydalanilgan? (foto)


Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Sayrob qishlog‘idagi qadimiy chinor haqida ko‘pchilik o‘zbekistonliklar eshitgan, biladi, deb yozadi O‘zA.

Viloyatga sayohat qilish uchun sabablar keltirilsa, avvalida ushbu chinor yodga olinadi. Sababi, ulkan kavakli chinor Surxon zamini bag‘rida qariyb 950 yildan buyon yashnab turibdi. Balandligi 21 metr, kavagining yer sathidan o‘lchami 16,5 metr bo‘lib, kavak og‘zi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Tarixga nazar tashlasak, oktabr to‘ntarishiga qadar eski maktab vazifasini ham aynan shu chinor o‘tagan. 1920-yilda qishloq kengashi binosi bo‘lgan. 1932—1934-yillarda 1-otliq askarlar polkining lager kutubxonasi bo‘lgan, 1936-yilda savdo do‘koni vazifasida ham ishlatilgan. Hozirda esa chinor tabiiy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan va uning ichida mo‘jazgina muzey tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют