» » Ukrainada 60 dan oshgan ayollar uchun go‘zallik tanlovi o‘tkazildi

Ukrainada 60 dan oshgan ayollar uchun go‘zallik tanlovi o‘tkazildi


Ukrainaning Vinnitsa shahrida 60 yoshdan oshgan ayollar uchun “Gospoja 60+” (“60+ xonim”) go‘zallik tanlovi o‘tkazildi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, tanlovda sakkiz nafar ayol ishtirok etgan.

Ularning eng kichigi “60 yoshlar atrofida”, eng kattasi esa 80 yoshda bo‘lgan. Tanlovga tayyorgarlik ishlari bir necha oy davom etgan, tadbir kuni esa tomoshabinlar zali to‘la bo‘lgan.

Tanlov qoidalari boshqa har qanday go‘zallik tanlovlar kabi deyarli bir xil: o‘zini tanishtirish, milliy kiyim va kechki liboslarda defile qilish hamda tayyorgarliksiz boshlovchilar savollariga javob berish.

“Gospoja 60+” nomiga Tatyana Chikiryakina, “Vitse-Dam 60+” nomiga esa Anna Plotitskaya sazovor bo‘lgan.

Hakamlar hay’ati, shuningdek, “Betakror xonim”, “Iqtidorli xonim”, “Sirli xonim”, “Dilbar xonim” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblarni aniqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют