» » Andijonda fuqaro jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish uchun tergovchiga 27,5 ming dollar pora taklif qildi

Andijonda fuqaro jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish uchun tergovchiga 27,5 ming dollar pora taklif qildi


Andijon viloyati Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan fuqaro I.I. (1970-y.t.) jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun jami 27 500 AQSh dollari taklif qilib, shundan 7500 AQSh dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytib pora taklif qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytiladi.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qilgan.

Fuqaro I.I. 21.05.2018-yilda tergovchiga kelishilgan 27 500 AQSh dollaridan 3000 AQSh dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют