» » Saratonga davo bo‘luvchi buloq, yana bosh murabbiyga aylanadigan Babayan, AQShda nutq so‘zlagan Usmonxon Alimov va kunning boshqa xabarlari

Saratonga davo bo‘luvchi buloq, yana bosh murabbiyga aylanadigan Babayan, AQShda nutq so‘zlagan Usmonxon Alimov va kunning boshqa xabarlari


22-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Namangan viloyati Chust tumanidagi fermer dalasidan buloq chiqqan va uning suvi shifobaxshligi uchun minglab odamlar shu yerga oqib kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, hatto qo‘shni viloyatlardan ham mazkur buloq suvi uchun odamlar navbat kutmoqda.

***

Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “temiryo‘lchilar” rahbariyati jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy ma’lumot chiqishi kutilmoqda.

***

Muftiy Usmonxon Alimov 21-may kuni Vashingtondagi AQSh Tinchlik institutida tashkil etilgan davra suhbatida nutq so‘zladi.

Tadbir O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSh Tinchlik instituti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Usmonxon Alimov O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy va e’tiqod erkinligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

***

“Menim fikrim” jamoaviy murojaatlari portalida transport vositalarini tyuning qildirishga qonunchilik darajasida ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi.

Murojaat matnida aytilishicha, bu qo‘shimcha ish o‘rinlari va sohada noyob milliy brendlar yaralishiga imkon beradi.

***

Qamchiq dovonida yangi tunnel barpo etish taklif etilmoqda.

Uning uzunligi 19 kilometr bo‘lib, avtotransportlarning harakatlanishi uchun qator qulayliklar yaratiladi. Bundan tashqari, bu kabi loyihaning amalga oshirilishi yo‘lda harakat xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanishi va yuk mashinalarining manzilga yetib borish vaqti ancha qisqarishiga olib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют