» » AQShning yangi elchisi o‘zbek tilida O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi (video)

AQShning yangi elchisi o‘zbek tilida O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi (video)


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi AQSh elchisi Daniel Rozenblyumning o‘zbek xalqiga murojaati yozilgan videoni ulashdi.

AQShning yangi elchisi Daniel Rozenblyum o‘zbek tilida bu lavozimga “O‘zbekiston tarixidagi eng muhim va qizg‘in davri”da tayinlanganini aytib o‘tgan.

“Amerika prezidenti tomonidan O‘zbekistonga navbatdagi AQSh elchisi etib tayinlanganim men uchun katta sharafdir, — deydi elchi o‘zbek tilida. — O‘tgan 30 yil davomida menga Sharqiy Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoda o‘qish va ishlash baxti nasib etdi”.

Elchi Shavkat Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlarini, ayniqsa ta’lium sohasidagi tashabbuslarini olqishladi.

“Xalq kelajagi uchun yoshlar ta’lim-tarbiyasidan muhimroq narsa yo‘q. Men o‘zbek xalqining dunyoga mashhur mehmondo‘stligi, nihoyatda boy tarixi va madaniy merosi haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lishni hamda go‘zal yurtingizga rafiqam Sheron, o‘g‘lim Jona va qizim Liana bilan borishni intizorlik bilan kutyapman. Tez orada sizlar bilan uchrashishga umid qilaman. Omon bo‘linglar”, — deydi Daniel Rozenblyum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют