» » Foto: Kaliforniyada 20 yil mobaynida ilk bor sahro gullarga burkandi

Foto: Kaliforniyada 20 yil mobaynida ilk bor sahro gullarga burkandi


Kaliforniyaning janubiy qismida joylashgan va 240 ming gektar maydonni egallagan Anza-Borrego Desert State Park bog‘iga kelayotganlarning qadami uzilmayapti: sayyohlar 20 yil mobaynida ilk bor gullar bilan burkangan sahroni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga oshiqmoqda. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

Bog‘dagi yog‘inlar miqdori yiliga 12,7 santimetrdan oshmaydi va odatda yomg‘irlar uzoq qurg‘oqchilikdan so‘ng keladi. Bu o‘simliklarni butkul qurib qolishdan saqlash uchun yetarli, biroq ularning gullashga kuchi qolmaydi.

Hammasi 2016-yilda o‘zgardi: iyul oyidan beri sahroga muntazam ravishda yomg‘ir yog‘moqda va yillik me’yordan ham oshib ketdi. Hozirgacha bog‘ga jami 17,7 santimetr yog‘in tushgani qayd etildi. Natijada tuproqda bo‘lgan urug‘lar ko‘p yillik uyqudan uyg‘ondi, o‘simliklar, kaktuslar va butalar gulladi.

Gilam kabi yashnagan sahroni ko‘rishga kelayotgan sayyohlar oqimi ko‘paygani tufayli bog‘ ma’muriyati ularni yo‘ldagi tiqinlar va avtoturargohlarda bo‘sh joylar yetishmasligi haqida ogohlantirishga majbur bo‘lmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют