» » O‘sh shahrida o‘tkazilgan xalqaro festivalda o‘zbekistonlik talabalar ham ishtirok etdi

O‘sh shahrida o‘tkazilgan xalqaro festivalda o‘zbekistonlik talabalar ham ishtirok etdi


Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Qirg‘iz-o‘zbek universiteti tashabbusi bilan xalqaro do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Andijon davlat universiteti matbuot kotibi Sharofiddin Hoshimjonov “Daryo”ga xabar berdi.

Unda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridagi uchala universitet va Qo‘qon davlat pedagogika instituti jamoalari ham qatnashdi.

Dastlab 7 ta oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida sportning voleybol, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Mehmonlar Qirg‘iz-o‘zbek universitetining o‘quv jarayoni, bo‘limlar faoliyati, infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Festival yakunida konsert dasturi uyushtirilib, do‘stlik, Vatan va mehr-muhabbatni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Ayniqsa, qirg‘iz baxshisi Idris Aytbayev kuylagan terma qo‘shiqlar, talaba va o‘qituvchilar ijrosidagi o‘zbek hamda qirg‘iz xalq qo‘shiqlari-yu raqslari, yoshlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyishi ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ham munosib taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют