» » Namanganda o‘tkazilgan innovatsion yarmarkada 2 mlrd so‘mlikdan ziyod shartnomalar imzolandi

Namanganda o‘tkazilgan innovatsion yarmarkada 2 mlrd so‘mlikdan ziyod shartnomalar imzolandi


Namanganda X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasiga tayyorgarlik doirasida innovatsion ishlanmalarning sohaviy taqdimotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yarmarkada yigirmaga yaqin ilmiy muassasaning mahalliy xomashyo asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, muqobil energiya manbalari, paxta tozalash sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, qurilish, chiqindilarni qayta ishlash, tuproq unumdorligini oshirish, o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish kabi yo‘nalishlardagi 100 dan ziyod innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalari namoyish etildi.

Meva-sabzavotlarni quyosh energiyasi qurilmasi yordamida quritish, kombinatsiyalashgan quyoshli biogaz qurilmasi, temir-betonga issiqlik ishlovi berishning energiyatejamkor usuli, issiqxonalarni noan’anaviy usulda isitish va sabzavot ekinlari yetishtirish texnologiyasi, tibbiy ipak dokasi ishlab chiqarish va uzumdan yuqori hosil yetishtirish texnologiyasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yarmarkada ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida umumiy qiymati 2 milliard 13 million so‘mlikdan ziyod 43 shartnoma imzolandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют