» » Davlat statistika qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Davlat statistika qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 20-maydagi 4324-sonli qarori bilan Zohidjon Ziyoyev Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot-xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Zohidjon Ziyoyev 2007-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavr bosqichini, 2010-yilda Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti magistratura bosqichini, shuningdek, 2018-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Zohidjon Ziyoyev 2010—2012-yillar mobaynida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida, 2012—2015-yillarda O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, 2015—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida boshqarma boshlig‘i, 2017—2019-yillar oralig‘ida Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют