» » Samarqandda barpo etiladigan mehmonxona “Halol” standarti bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk mehmonxona bo‘ladi

Samarqandda barpo etiladigan mehmonxona “Halol” standarti bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk mehmonxona bo‘ladi


Avval xabar berilganidek, Indoneziyaning Sahid Group kompaniyasi Imom al-Buxoriy majmuasi hududida “SAG” kompaniyasi bilan hamkorlikda mehmonxona qurilishini boshladi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga ko‘ra, ushbu mehmonxona jahon “Halol” standarti bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk mehmonxona bo‘ladi.

Birinchi bosqichda 100 ta xona barpo etiladi. Keyingi 5 yil davomida xonalar soni 300 taga yetkaziladi.

Sahid Group kompaniyasi prezidenti Xariyadi Sukamdani va kompaniya boshqaruvchi direktori Vivi Xarlembang mehmonxonaga tamal toshi qo‘yish marosimidan so‘ng Imom al-Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi bilan tanishib, buyuk muhaddis qabrini ziyorat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют