» » NATO yana bir bor Rossiyani Qrimdan chiqib ketishga chaqirdi

NATO yana bir bor Rossiyani Qrimdan chiqib ketishga chaqirdi


NATO Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olmaydi va Moskvani o‘z qo‘shinlarini yarimoroldan olib chiqib ketishga chaqirdi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi harbiy qo‘mita raisi Styuart Pich ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Alyans Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy va adolatsiz ravishda qo‘shib olinishiga (anneksiya) rozi emas va rozi bo‘lmaydi ham”, — deydi Pich.

Bundan tashqari Pich Rossiyadan Azov dengizidagi mojaroda qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni so‘radi.

2018-yilning noyabrida Ukraina Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli uchta kema Rossiya chegarasini buzib, dengizning vaqtincha yopiq qismiga kirgan edi. Shundan so‘ng ular Qora dengizdan Kerchen bo‘g‘ozi tomon otlangan. Rossiya Sohil xavfsizligi xizmati ukrain kemalarini qo‘lga olgnida uning bortida 22 nafar dengizchi va ikki nafar Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari bo‘lgan. Ularga nisbatan davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tish aybi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют