» » Turkiya—O‘zbekiston uchrashuvida ishlaydigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

Turkiya—O‘zbekiston uchrashuvida ishlaydigan hakamlar ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2-iyun kuni Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum qilindi.

Mazkur uchrashuvni Srjan Yovanovich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich yordan beradi. Turkiyalik Halil Umut Meler esa to‘rtinchi hakam vazifasini bajaradi.

O‘yin 2-iyun kuni “Alanya” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. Bellashuvni Sport-TV telekanali to‘g‘ridan t0‘g‘ri efirga uzatishi ko‘zda tutilgan.

O‘rtoqlik o‘yini

2-iyun, yakshanba

“Alanya” stadioni

Bosh hakam: Srjan Yovanovich (Serbiya)

Yon hakamlar: Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich (Serbiya)

To‘rtinchi hakam: Halil Umut Meler (Turkiya)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют