» » Xitoyda maktab o‘quvchilarini o‘ldirgan ruhiy xasta erkak o‘limga hukm qilindi

Xitoyda maktab o‘quvchilarini o‘ldirgan ruhiy xasta erkak o‘limga hukm qilindi


Shanxay sudi shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) bilan og‘rigan 30 yoshli erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi. “Gazeta.ru”ning xabar berishicha, u 2018-yilda ikki nafar maktab o‘quvchisini pichoqlab o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, erkak uzoq vaqt davomida ish topa olmagan va ijtimoiy tengsizlik uchun “jamiyatdan o‘ch olish maqsadida” uch nafar maktab o‘quvchisi va bir ayolga tashlangan.

Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, o‘quvchilarning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi erkakning shizofreniyadan aziyat chekishini aniqlagan, biroq jinoyatning og‘irligi sababli sud uni o‘lim jazosiga hukm qilgan. Shuningdek, u umrbod barcha siyosiy huquqlardan mahrum etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют