» » O‘zbekistonda uylar barcha zarur telekom-infratuzilma bilan quriladi

O‘zbekistonda uylar barcha zarur telekom-infratuzilma bilan quriladi


Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Hujjat ushbu yo‘nalishda yangi tartib joriy etilishini nazarda tutadi.

Birinchidan, telekommunikatsiya tarmoqlari, qurilmalari, vositalari va obyektlari, operatorlar va provayderlarning mobil aloqa bazaviy stansiyalari, shu jumladan, ijaraga beruvchilarning hududlarida ijara asosida o‘rnatilgan stansiyalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari hisoblanadi.

Ikkinchidan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan, kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlanmagan jamoat, sanoat, turar joy, ma’muriy binolar va inshootlarni qurish hamda foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, loyiha-smeta hujjatlari 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlangan binolar va inshootlar bundan mustasno. Mahalliy hokimiyatlarga loyihalashga topshiriqlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida ushbu talabga rioya qilinishi ustidan kuzatish topshirildi.

Uchinchidan, telekommunikatsiya obyektlarini ko‘chirish, qayta o‘rnatish, shuningdek, ularning faoliyatiga uchinchi shaxslar tomonidan har qanday aralashish yuzaga kelgan muammolarni hal etishning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan hollardagina hamda faqat mazkur obyektlarning egasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining bunday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlari mazkur o‘zgarishlarning tashabbuskori tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi.

To‘rtinchidan, binoda yashovchilardan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishga ariza mavjud bo‘lganda XUMSh telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga bino ichida telekommunikatsiya tarmoqlarini past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmadan beg‘araz asosda foydalangan holda o‘tkazishni rad etishga yoki to‘sqinlik qilishga haqli emaslar, mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish bundan mustasno.

Beshinchidan, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:

ularning xizmatlaridan olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari foydalanishi;

“O‘zbektelekom” AK tomonidan Internet tarmog‘iga kirish xizmatini ulanish joyidan qat’i nazar yagona tarif bo‘yicha taqdim etilishi;

olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan mazkur tashkilotlarga, shuningdek, ushbu hududdagi aholi va boshqa yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalarni beg‘araz asosda taqdim etish;

Bundan tashqari, mazkur sohada bir qator imtiyoz va preferensiyalar nazarda tutiladi:

Operatorlar va provayderlarga 2019-yil 1-iyuldan boshlab gov.uz davlat subdomenida joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etildi.

Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turistik obyektlarda, shu jumladan, 2019-yilda davlat-xususiy sheriklik shartlarida Internet tarmog‘idan simsiz foydalanish bo‘yicha ommaviy nuqtalar paydo bo‘ladi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tegishli xulosa berish ular kiritilgan sanasidan boshlab 2 hafta muddatda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют