» » Zelenskiyning iste’fosi haqidagi petitsiya ko‘rib chiqish uchun yetarli ovoz yig‘di

Zelenskiyning iste’fosi haqidagi petitsiya ko‘rib chiqish uchun yetarli ovoz yig‘di


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning iste’fosini talab qilgan petitsiya 25 mingdan ortiq ovoz yig‘di. Bu esa hukumat masalani ko‘rib chiqishi uchun yetarli. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Arizaning muallifi, Ukrainaning yangi rahbari “aslida saylovchilarning 73 foizini olmagan”, deb da’vo qilib, faqat fuqarolarning noroziligini birlashtirganini aytgan.

Petitsiya 22-may kuni paydo bo‘ldi. Masalani ko‘rib chiqishga zarur imzo yig‘ish uchun 90 kun berildi, biroq bir sutkaning o‘zida 25 mingdan ortiq ovoz oldi.

Prezident shtabi vakili Denis Monastirskiy Zelenskiy bu holga yetarli miqdorda ovoz yig‘ilganidan so‘ng javob berishini aytdi.

Markaziy saylov komissiyasi 30-aprelda Zelenskiyni prezident saylovlarining g‘olibi deb e’lon qilgan edi. 2-turda u 73,22%  ovoz olgan, Pyotr Poroshenko esa 24,45%.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют