» » Toshkent shahar IIBB YHXB tutun darajasini, yorug‘lik o‘tkazishni va mastlikni tekshiruvchi uskunalarni sinovdan o‘tkazdi

Toshkent shahar IIBB YHXB tutun darajasini, yorug‘lik o‘tkazishni va mastlikni tekshiruvchi uskunalarni sinovdan o‘tkazdi


Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun tez orada gazoanalizatorlar, tutun o‘lchovchi uskunalar, avtotransport vositasi oynalarining yorug‘lik o‘tkazish foizini aniqlovchi, shuningdek, chiqariladigan nafasda etanol bug‘larining konsentratsiyasini tahlil qiluvchi uskunalardan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB IIVdan 14 ta “Avtotest-01.02” gazoanalizatorlar va 10 ta tutun o‘lchovchi “Meta-01 MP 0.1” uskunalarini qabul qildi.

“Avtotest-01.02” gazoanalizatorlaridan foydalanish me’yorlari:

Tutun o‘lchaydigan “Meta-01 MP 0.1” uskunasini ishlatish me’yorlari:

Agar ushbu uskunalardan o‘lchanganda belgilangan me’yordan oshib ketganlik kuzatilsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-2-moddasiga (“Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish”) muvofiq jarima solinadi.

Haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan yohud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo‘lgan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg‘acha bilan jihozlanmagan, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to‘xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek, ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek, shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Avtotransport vositalari oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini aniqlovchi 35 ta “Tonik” uskunalari qabul qilinib, sinovdan o‘tkazildi. Ilgari YHXBda bu kabi uskunalar 3 ta edi.

“Tonik” moslamasidan foydalanish me’yorlari:

Bundan tashqari, yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 30 foizdan kam bo‘lmagan polosa shaklida o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsat berilgan.

Yorug‘lik o‘tkazuvchanlikni ruxsat berilgan darajadan ortiq o‘zgartirish uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga muvofiq (“Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish”) javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Oynalari texnik reglamentga nomuvofiq ko‘zgusimon va (yoki) qoraytirilgan transport vositalaridan foydalanish – EKIHning bir baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy undirishdan so‘ng bir yil muddatida qayta sodir etilsa – eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, 9 ta “AKPE-01 META” moslamasi sinovda o‘tkazildi. Bu chiqariladigan nafasdagi alkogol konsentratsiyasining spektrofotometrik analizatori. “AKPE-01 META” – chiqariladigan nafasda etanol bug‘larining konsentratsiyasini tahlil qiluvchi moslamadir. Moslama yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida davlat nazorati tadbirlarida qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga (“Transport vositalarini mast holda boshqarish”) muvofiq, haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish – transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют