» » “Barselona” bir kishi o‘ynab g‘olib chiqdi, “Sevilya” esa asosiy raqobatchisi “Atletiko”dan yengildi

“Barselona” bir kishi o‘ynab g‘olib chiqdi, “Sevilya” esa asosiy raqobatchisi “Atletiko”dan yengildi


Ispaniya La ligasining 28-turi “Barselona”ning g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetdi.

Luis Enrike murabbiyligidagi klub o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qilib, 4:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvni boshqarib borgan Alexandro Ernandes 44-daqiqada gol muallifi Elyakim Mangalyaga qizil kartochka ko‘rsatdi, shuningdek, valensiyaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi.

Bir kishi ko‘proq harakat qilgan “Barselona” ikkinchi bo‘limda raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 2 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Tomonlarning “Mestalya”da o‘tgan o‘yinida “Barsa” 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.

3-o‘rin uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” va “Atletiko” klublari Madridda to‘qnash keldi. Bellashuvda Diyego Simeone jamoasi 3:1 hisobida zafar quchib, raqobatchisiga anchagina yaqinlashib oldi. Endi ularni bor-yo‘g‘i 2 ochko ajratib turibdi.

Ispaniya La ligasi
28-tur
19-mart, yakshanba

Gollar: Diyego Godin, 37 (1:0). Antuan Grizmann, 61 (2:0). Koke, 77 (3:0). Xoakin Korrea, 85 (3:1).

Gol: Yago Aspas, 74 (0:1).

Gollar: Sverrir Ingason, 51 (0:1). Lasina Traore, 60 (1:1). Jan-Silven Baben, 64 (2:1). Karlos Karmona, 67 (3:1).

Gollar: Elyakim Mangalya, 29 (0:1). Luis Suares, 35 (1:1). Lionel Messi, 45-pen (2:1). Munir El-Xaddadi, 45+1 (2:2). Lionel Messi, 52 (3:2). Andre Gomesh, 89 (4:2).
Chetlatish: Elyakim Mangalya, 44 (V).

Опубликовано: admin (20-03-2017, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют