» » Ozbekistonda tergov harakatlari videokonferensaloqa rejimida ham otkazilishi belgilandi

Ozbekistonda tergov harakatlari videokonferensaloqa rejimida ham otkazilishi belgilandi


Ozbekiston Prezidenti Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taminlash bilan bogliq ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunni imzoladi.

Ozbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi qoshimcha va ozgartishlar kiritildi:

quyidagi mazmundagi 91-191-4-moddalar bilan toldirildi:

91-1-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida otkazish

Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (soroq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida otkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini togridan-togri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida otkazish togrisidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan oz tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga kora qabul qilinadi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida otkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:

tasvir sifati boyicha olchami 1920?1080, sekundiga 50 ta kadr;

ovoz sifati boyicha chastota diapazoni 100-12 000 Gs;

axborot xavfsizligini taminlash boyicha VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.

91-2-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida otkazish asoslari

Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida otkaziladi:

1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati otkazilayotgan joyga sogligining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga kora bevosita kelish imkoniyati bolmaganda;

2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash zarurati tugilganda;

3) kechiktirib bolmaydigan tergov harakatlari otkazilganda;

4) tergov harakatini otkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud bolganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida korsatilgan asoslar mavjud bolganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.

91-3-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida otkazish shartlari va tartibi

Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida otkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida otkazishni tashkil etishni sorab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.

Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirigini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini taminlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida bolishi kerak.

Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida otkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Videokonferensaloqa rejimida soroq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96108, 112131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati taminlanishi kerak.

91-4-modda. Videokonferensaloqa rejimida otkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish

Videokonferensaloqa rejimida otkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron malumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qoshib qoyiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari korsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi.

Videokonferensaloqa yozuvining vaqti otkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.

Videokonferensaloqa rejimida otkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 14:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -