» » Fotogalereya: Avval ma’lum bo‘lmagan noyob ekzotik mevalar

Fotogalereya: Avval ma’lum bo‘lmagan noyob ekzotik mevalar


Bugun ekzotik mevalar ichida duriana yoki lichi bilan hech kimni ajablantirib bo‘lmaydi. Banan va ananas haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi, ularni hatto yosh bolalar ham biladi. Lekin dunyoda yana boshqa mevalar ham borki, ular go‘yo fantastik filmdan olinganga o‘xshaydi. AdMe ana shunday ekzotik mevalarga e’tibor qaratdi.

Kapulin hajmi jihatidan chernikadan biroz kattaroq, ta’mi esa bodom  va olchaning aralashtirilganiga o‘xshaydi. Yamayki ahli uning daraxtini uyi yaqinidan o‘sib chiqqanini ko‘rgudek bo‘lsa, darrov kesib tashlaydi. Chunki ko‘rshapalaklar kapulinni juda yaxshi ko‘radi va tunlari uning atrofida parvona bo‘ladi. Mevasidan jem, murabbo va sharbat tayyorlanadi.

Bu mevani faqat Yava orolidan yoki Indoneziyadan topish mumkin. Boshqa yerda o‘smaydi. Mevaning mazasi mangoni eslatadi, hidi esa binafshanikiga o‘xshaydi. Kepelni doimiy ravishda iste’mol qilish ayollarda vaqtinchalik bepushtlikka sabab bo‘ladi. Shuning uchun qadimda undan kontraseptiv vosita sifatida foydalanilgan.

Qora olma — xitoylik seleksionerlarning ishi. “Qora brilliant” navini payvand yordamida olib ketilgan va u hozirda faqat Tibet tog‘larida o‘stiriladi. Tezkor ultrabinafsha nurlari ta’sirida olmaning po‘stlog‘i “toblanadi” va to‘q siyohrang tusga kiradi.

Aki Yamaykada o‘sadi va fugu balig‘ining meva ko‘rinishi hisoblanadi. Uning tarkibida ko‘plab toksinlar borligi sabab, ko‘p davlatlarda taqiqlangan. Noto‘g‘ri tayyorlansa, meva o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Akini yeyish uchun meva qizarishini va oq shira chiqarishini kutish kerak. Urug‘i o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Yamaykada akini qovurib, yong‘oq ta’miga ega ovqat tayyorlanadi.

Afrika noklari rangi va hajmidan baqlajonga o‘xshaydi. Lekin meaning ichi yam-yashil  hamda saryog‘ga o‘xshaydi (unda 48% yog‘ bor) Noklar qaynatiladi, qovuriladi va xomligicha yeyiladi. Undan hatto bioyoqilg‘i ham tayyorlanadi.

Nipa meva hisoblansa ham, aslida daraxt yong‘og‘i. Hindistondan Tinch okeanigacha bo‘lgan daryolar bo‘yidagi palmalarda o‘sadi. Uning barglaridan mahalliy xalq tom yasaydi, hosilidan esa alkogol ichimliklar tayyorlaydi. Bunday tashqari, mevasini muzqaymoqqa sepib ham yeyish mumkin. Lekin sersuv va ta’msiz bo‘ladi.

Feroniya yoki fil olmasi Hindistonda va Shri-Lankada yo‘l yoqasida o‘sadi va unchalik ham noyob meva hisoblanmaydi. Ko‘rinishidan feroniya mog‘orlagan kokosga o‘xshaydi, hidi esa undan ham yomon — mayiz va ko‘k pishloqning aralashmasi kabi. Lekin o‘zi mazali meva hisoblanadi. Ta’mi mango va ananasdan qilingan pudingga o‘xshaydi. Mahalliy xalq undan sharbat tayyorlaydi va buni sog‘liq uchun juda foydali deb hisoblaydi.

Yulduzsimon olmani tatib ko‘rish uchun Markaziy Amerikaga borishga to‘g‘ri keladi. Olmaning po‘stini yeb bo‘lmaydi, shuning uchun o‘rtasidan kesib, et qismini qoshiq yordamida o‘yib yeyiladi. U juda ham shirin emas, mazasi olxo‘rinikiga o‘xshaydi.

Aguaxe — Peruda o‘sadigan palmalarning mevasi.  Usti tangachalar bilan qoplangan, ichidan esa sariq shirin eti yashiringan. Mahalliy aholi undan murabbo, jem, vino tayyorlaydi, quyosh kuyishidan asrashi uchun terisiga surtadi. Tarkibida A vitamin va fitoestrogenlar juda ko‘pligi sabab ayollar uchun foydali meva hisoblanadi.

View this post on Instagram

Rose Apple #roseapple #rose #apple #jambos #jambosa #fruit #fruit #instafruit #fruitstagram #fruitgram #fruity #fruitsala #fruitsalsa #jamalac #instajamalac #food #foodie #foodstagram #foodlovers #foodporn #instafood #instafoodie #vegan #instavigan

A post shared by LORDE (@alcoholic_succulent) on

U atirgul olma, pomeran olxo‘risi va pomarozaning yig‘indisi. Jambozani faqatgina janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari va Hindistonda tatib ko‘rish mumkin. Chunki bu meva eksport qilinmaydi. Po‘stining yupqaligi va sersuv meva ekani sabab boshqa mamlakatga olib otishga yaramaydi.

Po‘sti yupqa, ichidagi sersuv mevasi tarvuz ta’mini beradi. Meva kesilgan payti gullarning hidi ufuradi, shunign uchun uning ikkinchi nomi “atirgul olma”.

View this post on Instagram

That's no banana... It's a banana passion fruit!! I was delighted to discover this delicious n fun new fruit. Sweet, slightly sour, and pleasantly crunchy... especially tasty after a miracle berry. See @givejoyachance Caileigh's last post for the juicy details on our miracle fruit party! #BananaPassionfruit #DiamanteValley #CostaRica

A post shared by Zander Hathaway (@apeliving) on

Tumbo yoki banali marakuyya haqiqiy mevali Frankenshteyn. Ko‘rinishidan bananga o‘xshaydi. Terisi sitrus mevalarniki, ichi esa marakuyya kabi yumshoq. Ta’mi banan va apelsinga o‘xshaydi.

View this post on Instagram

Sweet cotton What is the name of this fruit in your country? Here Pacay ???? #pacay #fruit #guaba #frutta #friends #Per?

A post shared by Lissette (@dralissetteilave) on

Pakauni Markaziy va Janubiy Amerikada yeyishadi. Yashil tayoqchalar va qora donlari tashlab yuboriladi. Ichidagi oppoq yumshoq mevasi esa yegulik sifatida foydalaniladi. Mazasi shirin vanil paxtaga o‘xshaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют