“Siti” va “Liverpul” o‘zaro o‘yinda ochko yo‘qotdi, “Yunayted”da 4-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘ldi
APL 29-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvga yakun yasaldi. Mazkur tur 18-mart kungi “Arsenal”ning mag‘lubiyati bilan start olgandi.
“Manchester Yunayted” futbolchilari uch kun oldin bosh murabbiysini iste’foga chiqargan “Midlsbro”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida “Arsenal”dan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Klub asosiy futbolchilari hisoblangan Ueyn Runi, Pol Pogba hamda Zlatan Ibrahimovichsiz harakat qilib ham 3 ta gol ura oldi.
Mazkur turning markaziy o‘yinida “Manchester Siti” va “Liverpul” klublari o‘zaro durang o‘ynadi. Tomonlarning “Enfild” stadionida o‘tgan ilk o‘yinida “Liverpul” 1:0 hisobida zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi.
Shunga qaramay “Liverpul”ning turnir jadvalidagi ahvoli “Siti”nikidan yaxshi emas. Mazkur ochko yo‘qotishdan keyin “Yunayted”da kuchlikka to‘rtlikka kirib olish imkoniyati ham paydo bo‘ldi.
Angliya Premyer-ligasi
29-tur
19-mart, yakshanba
Gollar: Maruan Fellaini, 30 (0:1). Jessi Lingard, 62 (0:2). Rudi Jested, 77 (1:2). Antonio Valensiya, 90+3 (1:3).
Gollar: Kristian Eriksen, 14 (1:0). Dele Alli, 33-pen (2:0). Jeyms Uord-Prouz, 52 (2:1).
Gollar: Jeyms Milner, 51-pen (0:1). Serxio Aguero, 69 (1:1).
Добавить комментарий!
