» » Samarqandda ijara uyida fohishaxona ochgan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda ijara uyida fohishaxona ochgan ayol qo‘lga olindi


Samarqandning Narpay ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida ijarada yashovchi ayol fohishaxona ochgani aniqlandi. Zarnews’ning xabar berishicha, holat yuzasidan tadbir ishlab chiqilib, unga “Fedya” va “Mahliyo” ismli shaxslar jalb etilgan.

Voqea 2019-yilning 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan. Rejaga ko‘ra, “Fedya” ijarachi ayolga qo‘ng‘iroq qilib uning uyida sevgan qizi “Mahliyo” bilan bir soat dam olishi uchun haq to‘lashini aytadi. Ayol ushbu xizmat evaziga “Fedya”dan 100 ming so‘m talab qilgan. IIV tomonidan yollangan shaxslar ijarachi ayolning uyiga kelgan vaqtda ayol qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ayol turmushidan ajrashgan bo‘lib, Narpay ko‘chasidagi ushbu xonadonni yaqinda ijaraga olgan va oson pul topish niyatida uyini fohishaxonaga aylantirgan.

Sud tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi, 2-qismi bilan 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют