» » O‘MI: Jinoyatchilarning namoz-niyozi borini dinga bog‘layverish dindorlarga nisbatan salbiy fikrlar uyg‘otadi

O‘MI: Jinoyatchilarning namoz-niyozi borini dinga bog‘layverish dindorlarga nisbatan salbiy fikrlar uyg‘otadi


So‘nggi vaqtlarda ayrim noxushliklarni islom bilan bog‘lash, “imom unday bo‘ldi”, “masjid bunday bo‘ldi” qabilidagi xabarlar berilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Avvalroq “Denovda hamshahriga marixuana bergan masjid noibi qo‘lga olindi”, “Uyi tomsiz qolgan imomga yordam beraylik”, “Dahshatli alangadan mo‘’jiza tufayli omon qolgan imom zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur” kabi maqolalar e’lon qilingan edi.

Kuni kecha esa “Qo‘qonda imom yordamchisi giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushdi” sarlavhali xabarda kosiblik bilan shug‘ullanib, shu bilan birga, Qo‘qon shahridagi masjidlardan birida imomga yordamchilik qilib kelgan bir shaxs giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushib, jazo tayinlangani haqidagi xabar e’lon qilindi.

Asosiy kasbi kosiblik bo‘lgan insonning imomga yordamchilik qilganini (“yordamchi” degan shtat yo‘q) sarlavhaga olib chiqishdan maqsad nima? Nega sarlavha “Kosib giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushdi” shaklida emas? Boz ustiga mazkur shaxs o‘tgan yili ishdan bo‘shab ketgan bo‘lsa?

Jinoyat qilgan odamning dinga munosabati, masjidga aloqasi oldingi planga olib chiqilmasligi lozim. Bu odam jinoyat qilgan ekan, qonuniy jazosini oldi. Biroq har qanday imkoniyatdan foydalanish ilinjida diniy idora, masjid yo imom, umuman, islom shiorlarini yomonotliq qilishga urinish durust emas, balki gunohdir.

Aslida o‘sha jinoyatchining asl kasbi qolib, imomga yordamchi ekanining sarlavhaga chiqarilishining ham o‘ziga yarasha sabablari bor:

dindor odam jinoyatchi bo‘lmaydi;

dindor odam og‘ufurushlik bilan shug‘ullanmaydi;

dindor odamning bu kabi qabihlik bilan shug‘ullanishi boshqalarnikidan ikki chandon dahshatli hodisa sanaladi;

Kosib — hunarmand, imomlik esa peshvolik.

Maqolaga sarlavha qo‘yilganda ana shu jihatlarga e’tibor qaratilgan. Biroq o‘quvchini qiziqtirish, jinoyatning ko‘lamini bo‘rttirib ko‘rsatish uchun qo‘lga tushgan jinoyatchilarning namoz-niyozi borini dinga bog‘layverish odamlarda din va dindorlarga nisbatan salbiy fikrni shakllantirish, ulardan hadiksirashga sabab bo‘lib qolishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют