» » Toshkentda nemis texnologiyalari bo‘yicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi

Toshkentda nemis texnologiyalari bo‘yicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi


Toshkentda nemis texnologiyalari bo‘yicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi. Bu haqda Norma Axborot-huquqiy portali xabar qiladi.

Qurilish 2019—2020-yillarda investorning o‘z resurslari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 2022-yildan boshlab ishlab chiqarish to‘liq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalari xarid qilinadi.

Yiliga 75 million dona ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish bilan YaUPM va Veridos GmbH nemis kompaniyasi shug‘ullanadi.

Bu 18.04.2018-yildagi PQ-3673-son qarorda nazarda tutilgan ID-kartalar, hukumat mobil aloqa tizimi va transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni kafolatlashi lozim. Shuningdek, “assortiment”da nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma kartasi, sog‘liqni saqlash kartasi (tibbiy sug‘urta), ijtimoiy kartalar (nafaqaxo‘rlar, talabalar, kam ta’minlanganlar uchun), transport va maxsus kartalar (harbiy xizmatchilar va davlat xizmatchilari uchun) mavjud. Eksportni ishlab chiqarish umumiy hajmining 20 foizigacha bosqichma-bosqich yetkazish rejalashtirilayotir.

Loyihani amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ham amalga oshiriladi, qo‘shma korxonaga 2021-yil 1-iyulga qadar soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019-yildan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют