» » Polshadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Polshadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Polshadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-may kuni S-3 Polsha milliy trassasida Shchechin va Gojuv shaharlari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda Matiz rusumidagi avtomobil yonib ketgan.

Xabarda qayd etilishicha, bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir kuyish jarohatlari bilan hushsiz holda Shchechin shahri kasalxonasiga olib kelingan.

“Tekshiruv olib borayotgan Piritsi shahri politsiyasidan olingan xabarga ko‘ra, ularning ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga binoan Mamadaliyev Shuxratjon Vahobovich vafot etgan, Lutfullayev Baxtiyor Erkin o‘g‘li kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi TIV xabarida.

Xabarda Elchixona Polsha hokimiyat organlari bilan aloqa o‘rnatgani va muammolarni tezkor hal qilishda ko‘maklashish uchun vaziyatni nazoratda ushlab turgani qo‘shimcha qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют