» » Ozbekiston Belarus: Hamkorlikdagi taktik-oquv mashgulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi (foto va video)

Ozbekiston Belarus: Hamkorlikdagi taktik-oquv mashgulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi (foto va video)


Kecha, 23-may kuni Jangovar hamdostlik2019 shiori ostida OzbekistonBelarus maxsus bolinmalari harbiy xizmatchilari ortasida otkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-oquv mashgulotlarining asosiy qismi yakuniga yetdi. Bu haqda Daryoga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur mashgulotlarni Ozbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus qurolli kuchlari delegatsiyasi vakillari bevosita kuzatib bordi.

Jangovar hamdostlik2019 taktik-oquvida rejalashtirilgan barcha mashgulotlar umumlashib, har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining yuksak jangovar shayligi, tezkorligi va aniqligini ifoda etdi. Ozbek va mehmon harbiylar razvedka xizmatining toliq malumotlariga asosan shartli dushman ornashgan hududni qurshab oldi. Hamkorlikdagi maxsus bolinmalarning garovga olingan shaxslarni ozod etish hamda shartli noqonuniy qurollangan todaning sozsiz taslim bolishi haqidagi talabi keskin rad etilgach, ularning mudofaa chizigi qaqshatqich zarbalarga duchor boldi.

Jangovar hamdostlik 2019 doirasida otgan mashgulotlar har ikki mamlakat harbiy xizmatchilarining zamonaviy jang amaliyotlaridagi muhim tajribalarini oshirdi, deydi ozbekistonlik podpolkovnik Farhod Rustamov. Harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirxli texnika orqali yorib kirish, guruhlarga bolingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli todalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida tushish vazifalarini alo darajada bajardilar.

Havo hujumidan mudofaa qoshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Mi-8 vertolyotining desantlashtirish harakatlari shartli dushman mudofaasi ort qismini oqqa tutish imkonini yaratdi. Garovga olingan bolalar va fuqarolarni ozbek va belarus harbiylari betalafot evakuatsiya qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Pop tumani bolimi va tez tibbiy yordam tezkor xodimlari tomonidan jarohatlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam korsatilib, evakuatsiyasi amalga oshirildi, yonginlar ochirildi. Hudud xavfdan butkul xoli boldi.

Jangovar hamdostlik2019ning yopilish marosimida ishtirok etgan har ikki mamlakat mutasaddi vakillari mazkur zamonaviy jang amaliyoti namoyishining yuqori saviyada otganini etirof etdi. Maxsus taktik-oquv mashgulotlari davomida ornak bolgan harbiy xizmatchilar har ikki mamlakat mudofaa idoralari tomonidan taqdirlandi.

Mehmonlar sharafiga Namangan viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan saylda ozbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va hunarmandchilik namunalari aks etgan ekspozitsiyalar, shuningdek, ozbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonlari haqida malumot beradigan korgazmalar mehmonlarda katta taassurot uygotdi.

Harbiy orkestr ijodiy jamoasi hamda solim vodiyning taniqli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoshiqlar barchaga bayram kayfiyatini uygotdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -