» » Meksikada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda ishtirok etayotgan vertolyot halokatga uchradi

Meksikada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda ishtirok etayotgan vertolyot halokatga uchradi


Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 vertolyoti Meksikada halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Excelsior portalining ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot Keretaro shtatidagi o‘rmon yong‘inlarini ochirishda ishtirok etayotgan bo‘lgan. Vertolyot bortidagi 7 kishining taqdiri qanday kechgani haqida ma’lumotlar yo‘q, biroq OAVlar ularning o‘lganini taxmin qilmoqda.

2012-yilning noyabrida Rossiya tomonidan Meksika Harbiy-dengiz kuchlariga uchta Mi-17B-5 vertolyoti yetkazib berilgan edi. Hozirda mamlakat qurolli kuchlarida jami 20 ta Mi-17 vertolyoti mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют