» » Buxoroda Xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali boshlandi (foto)

Buxoroda Xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali boshlandi (foto)


Buxoroda 18-an’anaviy Xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali tantanalari boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Festivalga Malayziya, Kuvayt, Vyetnam, Indoneziya, Pokiston, Falastin, Rossiya, Ruminiya, Eron, Xitoy, AQSh, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston kabi 50 dan ortiq davlatdan 2000 nafarga yaqin mehmon kelgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan diplomatik korpus va 35 ta elchixona vakillari, 10 dan ortiq xorijiy OAV xodimlari tashrif buyurgan.

Festival dasturidan tuyalar karvoni, karnay-surnay sadolari, xalq sayllari, folklor jamoalari baxshilarning chiqishlari, milliy liboslar festivali, bezakli amaliy san’at va milliy matolar yarmarkasi, kurash musobaqalari hamda milliy taomlar taqdimoti kabi 30 dan ortiq loyiha o‘rin olgan.

Xalqaro an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivalining tantanali karvoni yurishi “Ark” qo‘rg‘onidan “Labi Hovuz”ga qadar davom etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют