» » A Seriya. 25-may kuni so‘nggi tur bahslari boshlanadi

A Seriya. 25-may kuni so‘nggi tur bahslari boshlanadi


25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining so‘nggi tur bahslariga start beriladi.

Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” klubi “Bolonya” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv soat 23:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, neapolliklar avvalgi turda “Inter”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi (4:1).

26-may, yakshanba kuni Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi mehmonda “Sampdoriya” bilan bahsga kirishadi. Bellashuvga soat 21:00 da start beriladi. Ma’lumot uchun, turinliklar oldingi turda o‘z maydonida kechgan bahsda “Atalanta” bilan durangga imzo chekkandi (1:1).

Musobaqa jadvalida 5-o‘rinda borayotgan “Milan ”jamoasi SPAL bilan o‘ynaydi. Qayd etish joiz, “rossonerilar” 37-turda “Frozinone” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urgandi (2:0).

Klaudio Ranyeri boshliq Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Parma”ni sinovdan o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, Rim klubi 63 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa” stadionida “Empoli” bilan bahsga kirishadi. Uchala o‘yin ham soat 23:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, 66 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 4-pog‘onani egallab turibdi.

37-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

38-tur bahslari

25-may, shanba

26-may, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют