» » Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi


Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonga tabrik telegrammasini jo‘natdi, deb yozadi “Review.uz” Tojikiston rahbari matbuot xizmatiga tayanib.

“O‘z qadimiyligi va g‘aroyib go‘zalligi bilan ajralib turuvchi Navro‘z azaldan O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari mentalitetining, an’ana va ezgu intilishlarining o‘ziga xosligi va yaqinligini gavdalantirib kelgan… Bu bayram, shuningdek, O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini bir-birini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro manfaatlarni hisobga olish prinsiplari asosida har tomonlama kuchaytirishga sodiqligimizning ramzi hamdir”, — deyiladi tabrik xatida.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon va uning oilasiga hamda tojik xalqiga bayram kunlarida sog‘lik-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, tinchlik, gullab-yashnash va yanada rivojlanishni tilab qoldi.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют