» » Everestda may oyida kamida olti alpinist halok bo‘ldi

Everestda may oyida kamida olti alpinist halok bo‘ldi


Himolay tog‘larida bahorgi alpinistlik mavsumi ochilishi — may oyi boshidan beri Yerning eng baland cho‘qqisi bo‘lgan Everestga (8848 metr) ko‘tarilish vaqtida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 24-may kuni Nepal hukumati va ekspeditsiya tashkilotchilari ma’lumotiga tayanib, Agence France Presse (AFP) xabar berdi.

Avvalroq AFP AQSh va Hindistondan bo‘lgan uch alpinist halok bo‘lgani va irlandiyalik alpinist bedarak yo‘qolgani haqida ma’lum qilgan edi.

“Hindistondan bo‘lgan yana ikki nafar alpinist 23-may kuni Everestda halok bo‘ldi”, — deya agentlik Nepalning Madaniyat, turizm va aviatsiya vazirligi vakili so‘zlarini keltirgan.

O‘z navbatida, ekspeditsiya tashkilotchilari yana bir kishining halok bo‘lganini tasdiqlagan, biroq uning fuqaroligi ko‘rsatilmagan. “TASS”ning yozishicha, Everest cho‘qqisiga 2018-yilning may oyida uyushtirilgan ekspeditsiyada besh kishi halok bo‘lgan edi.

Nepal hukumati uchun ekspeditsiyadan tushadigan daromad muhim sanaladi. Tog‘ga chiqish uchun 2018-yilda har bir chet ellik sportchi 11 ming dollardan boshlab, mahalliy sportchilar esa 710 dollardan boshlab pul to‘lashi kerak edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют