» » Buxoroda o‘z uyini qimorxonaga aylantirganlar jarimaga tortildi

Buxoroda o‘z uyini qimorxonaga aylantirganlar jarimaga tortildi


2019-yil 26-fevralda Buxoro viloyati Olot tuman ma’muriy sudida rais O.Rajabov ishtirokida Olot tumani, “Soinqorovul” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.Qodirov, A.Qodirov, B.Qodirov, J.Qodirov va U.Qodirovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘z yashash uyida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil qilingani yuzasidan sud qarori qabul qilindi. Bu haqda “Daryo”ga tuman ma’muriy sudi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi 1-qismi bilan S.Qodirov, A.Qodirov, B.Qodirov, J.Qodirov va U.Qodirovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nisbatan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.

Huquqbuzarlar S.Qodirov, A.Qodirov, B.Qodirov J.Qodirov va U.Qodirov 2019-yil 9-fevral kuni soat 16:00 larda Olot tumani, “Soinqorovul” mahallasidagi S.Qodirovning yashash uyida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etganliklari aniqlanib, mazkur holatlar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Sudda fuqarolar o‘z ko‘rsatmasida aybiga iqrorlik bildirib, qonunga xilof ravishda qimor o‘ynaganliklarini tan olgan. Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida o‘yinda ishlatilgan jami 381 ming so‘m pul va o‘yin kartasini vaqtincha saqlash maqsadidan olib qo‘yganliklarini, aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymondaligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni so‘ragan.

Huquqbuzarlar S.Qodirov, A.Qodirov, B.Qodirov, J.Qodirov va U.Qodirovning harakatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 191-moddasi 1-qismi bilan to‘g‘ri malakalangan. Kodeksning 245, 309, 310—311-moddalariga amal qilib, sud qaror qildi.

S.Qodirov, J.Qodirov, A.Qodirov, B.Qodirov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 191-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida (810 920 so‘m) jarima, U.Qodirovga esa eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida (609 190 so‘m) jarima solindi.

Ashyoviy dalil 381 ming so‘m pul davlat egaligiga musodara qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют