» » Superliga. “Navbahor” mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, “Bunyodkor”da esa g‘alaba

Superliga. “Navbahor” mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, “Bunyodkor”da esa g‘alaba


25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.

Namanganning “Navbahor” klubi o‘z uyida “Andijon” bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib “Navbahor” a’zosi Aziz Ibragimov hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa “Navbahor” o‘z maydonida “Andijon” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Mazkur o‘yindan so‘ng namanganliklar 14 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Andijon” esa 8 ochko bilan 11-o‘rinni band qilgan.

Kunning so‘nggi bellashuvida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi mehmonda Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuv davomida “qaldirg‘ochlar” a’zolari Nurillo To‘xtasinov (36) hamda Mirjahon Mirahmedov (65) urgan gollar Toshkent klubiga g‘alaba keltirdi (2:0).

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bunyodkor” ochkolari sonini 17 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-po‘gonadan joy egalladi. 8-o‘rinda borayotgan “Metallurg” hisobida esa 12 ochko mavjud.

Superliga

10-tur bahslari

25-may, shanba

Gollar: 0:1 — 18 Ro‘zimboy Ahmedov, 1:1 — 77 Aziz Ibragimov

Gollar: 0:1 — 36 Nurillo To‘xtasinov, 0:2 — 65 Mirjahon Mirahmedov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют