» » “Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozonib, 19-marta Germaniya Kubogi sohibi bo‘ldi (video)

“Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozonib, 19-marta Germaniya Kubogi sohibi bo‘ldi (video)


25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Kubogi final uchrashuvida joriy mavsum Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan Myunxenning “Bavariya” klubi “Leypsig”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida Myunxen klubi hujumchilari Robert Levandovski (29, 85) hamda Kingsli Koman (78) tomonidan urilgan gollar “Bavariya”ning “Leypsig” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (3:0).

Shu tariqa myunxenliklar o‘z tarixida 19-bor Germaniya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Germaniya Kubogi

Final bahsi

25-may, shanba

Gollar: 0:1 — 29 Levandovski, 0:2 — 78 Koman, 0:3 — 85 Levandovski

“Leypsig”: Gulachi, Konate (Aydara, 82), Halstenberg, Klostermann, Orban (Upamekano, 70), Zabitser, Adams (Laymer, 65), Forsberg, Kampl, Poulsen, Verner

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Hummels, Gnabri (Robben, 73), Alkantara, Martines (Tolisso, 65), Koman (Riberi, 87), Myuller, Levandovski

Ogohlantirishlar: Upamekano (82), Levandovski (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют