» » Fotogalereya: Maktabga olib boruvchi xatarli va mashaqqatli yo‘l

Fotogalereya: Maktabga olib boruvchi xatarli va mashaqqatli yo‘l


Bolalar ko‘pincha maktabga borishni xohlamasligi hech kimga sir emas. Lekin dunyoning ba’zi joylarida ilm olish uchun bolalar katta qiyinchilikni yengib o‘tadi. Ba’zan hayotiga xavf ham tug‘ilishi mumkin. AdMe ana shunday holatlarga e’tibor qaratdi.

Suv toshqini paytida daryoning ko‘prigi vayron bo‘lganidan so‘ng, Chilangkap qishlog‘idan maktab o‘quvchilari o‘zlari bambukdan yasagan sol yordamida maktabga qatnay boshladi (Indoneziya)

Misr o‘quvchilari maktabdan shunday qaytadi

Erkak 6 nafar bolasini maktabdan uyga olib kelmoqda (Hindiston, Uttar-Pradesh shtati)

Manila yaqinidagi bir qishloqda o‘quvchilar maktabga Subik ko‘rfazidagi tosh qirg‘oq bo‘ylab boradi (Filippin)

11 yoshli bola uyidan chiqib, maktabga ketyapti (Turkiya). Jizra shahri Suriya bilan chegaradosh bo‘lgani sabab, ancha aziyat chekkan

Falastinda o‘quvchilar maktabga badaviy Xan al-Axmar qishlog‘idan piyoda yurib boradi

Shrinagardagi bu yo‘lovchilar ko‘prigi qachonlardir vayron bo‘lgan, o‘quvchilar esa uning qoldiqlariga tirmashib, maktabga yetib oladi (Kashmir)

Xitoyning Ganlo uyezdida o‘quvchilar bir kunda ikki marta qiyin va xavfli yo‘lni bosib o‘tadi: ularning maktabi 2 300 metr balandlikdagi tog‘da joylashgan

Jakarta ko‘chalarida ko‘pincha kuchli yomg‘ir yog‘adi, shuning uchun o‘quvchilar maktabga yetib olgunicha formalari jiqqa ho‘l bo‘lib ketadi (Indoneziya)

Aholisi bir necha million bo‘lgan Ahmadobodda o‘quvchilar maktabga rikshalarda boradi

Indoneziyaning Yava orolida bolalar har kuni maktabga yog‘ochdan ishlangan osma ko‘prik orqali boradi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida bir qishloq o‘quvchilari 1400 metrlik tik qoyaga ko‘tariladi

Bali orollaridagi bolalar maktabgacha yuk mashinasida tik turib ketadi (Indoneziya)

Kashmirda o‘quvchilar maktabga Dal ko‘lidan qayiqda suzib boradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют