» » Xorijiy ekspertlar prezident maktablariga qabulni boshlash uchun Ozbekistonga keldi

Xorijiy ekspertlar prezident maktablariga qabulni boshlash uchun Ozbekistonga keldi


Cambridge Assessment ekspertlari Gvendid Kaudvell va Mark Shennon prezident maktablariga qabul jarayonini tashkil etish maqsadida Ozbekistonga tashrif buyurishdi, deb xabar qildi XTV matbuot xizmati.

Avval xabar berilganidek, Cambridge Assessment tashkiloti Ozbekistonda yangi tashkil etilayotgan prezident maktablariga qabulni shaffof va adolatli tashkil etishga masul tashkilot sifatida tanlangan.

Cambridge Assessment tashkilotining ekspertlari ikki kunlik tashrifi mobaynida prezident maktablarini tashkil qilish boyicha loyiha xodimlari bilan oquvchilarning hujjat topshirish tartibi, imtihon kunlari, namunaviy test savollari toplamlarini tarqatishga oid masalalarni muhokama qildilar. Ekspertlar hujjat qabul qilish markazlari va imtihon otkaziladigan muassasalarga tashrif buyurdi. Imtihonlarni xolisona va odil otkazilishi boyicha maxsus ish rejasini ishlab chiqdi, - deyiladi xabarda.

Prezident maktablariga qabul Xalq talimi vazirligi tomonidan Ozbekiston talim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida belgilangan tartibda otkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga kora amalga oshiriladi.

Maktabning yillik qabul kvotasi 24 nafar oquvchidan iborat bolib, ikkita sinfga bir xil 12 nafardan oquvchi taqsimlanadi. Birinchi oquv yilida esa har bir prezident maktabining 5-10-sinflariga jami 144 nafar oquvchi oqishga qabul qilinadi.

Oquv jarayoni xorijiy talim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oquv reja va dasturlar boyicha ingliz tilida amalga oshiriladi va STEAM - talim (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - sanat, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.

Prezident maktabining 9-11-sinflarida talim oquvchilarning qiziqishlariga kora ayrim fanni tanlash va ularni organish darajasini inobatga olgan holda individual oquv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega boladi. Bu esa oz navbatida xorijiy oliy oquv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Eslatib otamiz, joriy yilda birinchi uchta maktab Toshkent, Xiva va Nukusda ochilishi belgilangan edi. 2019-yilda prezident maktabini Namangan shahrida ham qurish boyicha qaror qabul qilindi. 20202021-yillar davomida Ozbekistonning boshqa viloyatlarida ham prezident maktablari tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-05-2019, 10:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -